Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Xitoyda "Sion" cherkovi rahbarlari qo‘lga olinganini qoraladi
AQSh Davlat departamenti Xitoy hukumatini mamlakatdagi eng yirik xristian cherkovlaridan biri – "Sion" asoschisi Tszin Mingrini «zudlik bilan ozod qilishga» chaqirdi. OAV xabarlariga ko‘ra, "Sion" cherkovining 30 ga yaqin boshqa rahbarlari ham qo‘lga olingan.
AQSh hukumati Xitoy huquq-tartibot idoralari tomonidan Pekindagi eng yirik xristian diniy jamoalaridan biri bo‘lgan "Sion" protestant cherkovining «o‘nlab yetakchilari»ning qo‘lga olinishini qoraladi. Marko Rubio boshchiligidagi AQSh Davlat departamenti veb-saytiga ko‘ra, ushlanganlar orasida pastor Tszin «Ezra» Mingri ham bor.
«Ushbu ta’qiblar Xitoy Kommunistik partiyasining o‘z e’tiqodlariga partiya aralashuvini rad etib, ro‘yxatdan o‘tmagan uy cherkovlarida ibodat qilishni tanlagan nasroniylarga nisbatan dushmanligini yana bir bor namoyish etadi», deyiladi idora bayonotida.
Davlat departamenti Xitoy hukumatini qo‘lga olinganlarni «zudlik bilan ozod qilishga» va «barcha dindorlarga, shu jumladan uy cherkovlari a’zolariga qasos olinishidan qo‘rqmasdan diniy faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat berishga» chaqirdi.
Tszin Mengri — Rossiya bilan chegaradosh Xeylunszyan provinsiyasida tug‘ilgan etnik koreys. U 2007 yilda cherkovga asos solgan va shu vaqtdan beri uning a’zolari soni 1000 dan oshdi.
"Sion" hatto Pekindagi eng katta cherkov hisoblangan, biroq 2018 yilda Xitoy hukumati cherkovni yopdi va Mengriga Xitoydan chiqib ketish taqiqlandi. O‘shandan beri cherkov yashirin tarzda ishladi, ya’ni u rasmiylar tomonidan ro‘yxatdan o‘tmagan. Ayni paytda pastorning o‘zi olti yildan ortiq vaqt davomida AQSh fuqarolari bo‘lgan farzandlarini ko‘ra olmayapti.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
18:31 / 09.06.2026