Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin tinchlik davrida ham zaxiradagilarni jalb etish huquqiga ega bo‘ladi
Hukumat komissiyasi Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan taklif etilgan qo‘shimchalarni qo‘llab-quvvatladi, ular nafaqat urush yoki safarbarlik davrida, balki tinchlik davrida ham zaxiradagilardan foydalanishga imkon beradi.
13 oktyabr, dushanba kuni qonunchilik faoliyati bo‘yicha hukumat komissiyasi Rossiya Mudofaa vazirligining safarbarlik chaqiruvi rezerviga kiritilgan fuqarolarga hatto tinchlik davrida, shu jumladan, mamlakat tashqarisida ham vazifalarni bajarishga chaqirilishiga ruxsat beruvchi taklifini ma’qulladi.
Mudofaa vazirligi tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi, xususan, «Mudofaa to‘g‘risida»gi federal qonunga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qiladi. Hujjatga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar, aksilterror operatsiyalari (KTO) sodir bo‘lganda, Rossiya Qurolli kuchlari Rossiyadan tashqarida qo‘llangan taqdirda rezervdagilar «maxsus harbiy tayyorgarlik»ka chaqiriladi. Bu haqdagi qaror Rossiya Federatsiyasi prezidenti tomonidan qabul qilinadi, u ham bunday yig‘inlarni o‘tkazish tartibini belgilashi mumkin.
Tushuntirish xatida aniqlik kiritilishicha, bu Mudofaa vazirligi bilan zaxirada xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan shaxslarga tegishli. Hozirda qonun ularni faqat safarbarlik yoki urush vaqtida vazifalarni bajarish uchun chaqirishga ruxsat beradi.
Qonun loyihasida rezervchilardan turli sharoitlarda «qo‘shimcha qonunlar qabul qilmasdan» foydalanish imkonini beruvchi «yetarli darajada keng tushunchalar» qo‘llangan, deb yozadi RBK axborot agentligi Davlat dumasi mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolovga tayanib. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu, ayniqsa, Rossiyadan tashqarida rezervchilardan foydalanish masalasiga taalluqlidir, chunki «harbiy amaliyotlar olib borilayotgan Sumi va Xarkiv viloyatlari ham de-yure mamlakatdan tashqarida joylashgan».
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026