Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston–Koreya AI yechimlarini moliya tizimiga kiritadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do-Yon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar davlat xaridlarini raqamlashtirish va moliya-g‘aznachilik tizimlariga sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi.
Uchrashuvda vazirlik rahbariyati — birinchi o‘rinbosar Ilhom Norqulov, o‘rinbosar Gulnora Rahimova hamda G‘aznachilik qo‘mitasi raisi Abdulaziz Haydarov ishtirok etdi. Suhbat davomida sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi jarayonlariga, xususan, davlat xaridlari jarayonlariga tatbiq etish istiqbollari ko‘rib chiqildi va bu yo‘nalishda koreyalik ekspertlarni jalb qilish rejalari belgilab olindi.
Tomonlar ekspertlik hamkorligiga alohida e’tibor qaratdilar: bilim va tajriba almashinuvi, konsultativ qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi. Shuningdek, AI markazlarini tashkil etish, texnologik yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar sohasida sheriklikni yanada mustahkamlashga sodiqlik tasdiqlandi.
Mavzuga oid
10:00
Eng yaxshi AI startaplar Prezident sovrini uchun kurashadi
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
09:05 / 06.06.2026
Qurilish sohasida sun’iy intellekt joriy etiladi
20:12 / 05.06.2026