Jahon | 09:40 / 30.10.2025
8611
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi portlash ishi: O‘zbekiston bankining sobiq xodimi aybini tan oldi

Moskvada polkovnik avtomobili portlatilishi ishi bo‘yicha ayblanuvchi - O‘zbekiston bankining sobiq tahlilchisi sudda aybini to‘liq tan oldi. Unga terroristik aktga tayyorgarlik va portlovchi moddalarni noqonuniy aylanmasi kabi bir qator moddalar bo‘yicha ayb qo‘yilgan.

Foto: Myayle Arxangelskaya/ TASS

Tergov materiallariga ko‘ra, ayblanuvchiga Moskva va viloyat hududidagi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Jinoyat ishi doirasida qurbon sifatida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tanlangani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil iyul oyida Moskva shahrining Sinyavinskaya ko‘chasida polkovnik avtomobili ostiga o‘rnatilgan qo‘lbola mina portlatilgan. Hodisa natijasida harbiy xizmatchi va uning turmush o‘rtog‘i tan jarohati olgan, mol-mulkka yetkazilgan zarar bir necha million rubl deb baholangan.

Sud majlisida ayblanuvchi “aybimni to‘liq tan olaman” deb bayonot bergani qayd etildi. Ish bo‘yicha sud muhokamalari davom etmoqda. Qonunga muvofiq, sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar shaxs aybsiz deb hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid