Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isitish mavsumida tabiiy gaz bo‘yicha bazaviy me’yor oshiriladi
Mart–oktyabr oylarida 100 m³ bo‘lgan bazaviy me’yor noyabr–fevral oylarida 500 m³ bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa 500 m³lik me’yor oktyabr oyida ham amal qilgan. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun oyma-oy kompensatsiya, shuningdek 2025-2026 mavsum oldidan 1 mln so‘m moddiy yordam beriladi.
O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz iste’moliga tegishli bazaviy me’yor isitish mavsumida 5 barobarga oshirilib, 500 kub metrga yetkaziladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, noyabr—fevral oylarida har bir oy uchun 500 m³gacha, mart—oktyabrda esa 100 m³gacha “bazaviy me’yor” amal qiladi.
Kuz-qish mavsumida iste’mol yuqori bo‘lgan hududlar hisobga olinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabrdan fevralgacha oylik me’yor 500 m³ qilib qo‘llanadi.
Prezident qaroriga muvofiq, ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oyma-oy kompensatsiyalar to‘lanadi: elektr bo‘yicha — oyiga bazaviy me’yordan ortiq qismi uchun 150 kVt·soatgacha, tabiiy gaz bo‘yicha — qish oylarida 250 m³gacha, boshqa oylarda 150 m³gacha ortiqcha sarflangan qismiga kompensatsiya beriladi. Ilgari bu to‘lovlar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endilikda yil davomida har oy beriladi.
Shu bilan birga, 2025-2026 yilgi isitish mavsumi oldidan (noyabr oyida) har bir ehtiyojmand oilaga 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratiladi.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
22:57 / 22.12.2025
Farg‘onada metan muammosi: shoxobchalar ochilmadi, vazir va’da qilgan konteynerlardan darak yo‘q
20:33 / 22.12.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksporti 2030 yilda to‘rt barobar o‘sishi mumkin
11:37 / 19.12.2025