O‘zbekiston | 11:49 / 01.11.2025
1723
1 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlashda e-health: Polsha tajribasi O‘zbekistonda sinaladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etishda Polsha tajribasini o‘rganmoqda. Uchrashuvlarda raqamli platforma, elektron xizmatlar va sug‘urta mexanizmlarini milliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha amaliy qadamlar kelishib olindi. 

Foto: Dunyo

Muzokaralar davomida elektron tibbiyot (e-health) yechimlarini bosqichma-bosqich joriy etish, tibbiy ma’lumotlar aylanmasini yagona raqamli platformaga o‘tkazish, «elektron yo‘llanma», «elektron retsept», navbatga yozish kabi xizmatlarni raqamlashtirish muhokama qilindi. Shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urta tizimining huquqiy-tashkiliy asoslarini takomillashtirish, to‘lov va tarifikatsiya mexanizmlari, provayderlar bilan shartnoma munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi

Tomonlar ekspertlar darajasida tajriba almashish, pilot hududlarni belgilash va «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishga kelishib oldi. Loyihalar sifatida axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi, ma’lumotlar xavfsizligi va patsiyentlar uchun qulay interfeysni ta’minlash ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid