Jahon | 09:09 / 01.11.2025
1956
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Vengriyaga RF neft sektoriga qo‘yilgan sanksiyalar bo‘yicha imtiyoz bermadi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mamlakatini Rossiyaning «Rosneft» va «Lukoyl» neft kompaniyalariga qarshi Qo‘shma Shtatlar joriy etgan sanksiyalardan istisno etishni so‘radi, ammo AQSh prezidenti Donald Tramp rad javobini berdi.

Foto: AP

31 oktyabr kuni Air Force One prezident samolyoti bortida jurnalistlar savollariga javob bergan Tramp Orbanning bu masalada unga bevosita murojaat qilganini tasdiqladi. «U (Orban) bizdan istisno so‘radi, biz bermadik, lekin u bizdan so‘radi», — dedi Oq uy rahbari.

Viktor Orban avvalroq 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv paytida Vengriyaning «alohida vaziyatda» ekanini Trampga tushuntirishga umid bildirdi. Siyosatchining ta’kidlashicha, mamlakat energiya ta’minotida quvurlar orqali yetkazib berishga yuqori darajada bog‘liq.

«Vengriya — dengizga chiqish yo‘li yo‘q mamlakat, — dedi Orban. — Biz Vengriyani energiya bilan ta’minlaydigan transport yo‘llariga bog‘liqmiz. Asosan bu — quvurlar». Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi sanksiyalardan istisno qilishga erishish uchun AQShga shu «alohida vaziyat»ni tushuntirish zarur.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid