Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
Prezident qarori (№328, 03.11.2025)ga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga qabul qilgan tadbirkorlar uchun moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlari joriy etildi. Loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali ish o‘rinlari yaratish va yosh mutaxassislarni band qilish ko‘zda tutilgan.
Yangilangan tartib PQ–61-qarorga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida qator choralarni nazarda tutadi.
Bitiruvchini ishga qabul qilgan tadbirkorlarga 7 yilgacha (shundan 2 yili imtiyozli davr) 5 mlrd so‘mgacha miqdorda, Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori stavkali mablag‘ ajratiladi.
“Bir milliard — bir bitiruvchi” qoidasi. Har bir 1 mlrd so‘mgacha ajratiladigan mablag‘ uchun tadbirkor kamida 1 nafar bitiruvchini ishga qabul qiladi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarga — asosiy vositalarni sotib olish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida beriladi.
Tadbirkor moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga asos bo‘lgan bitiruvchi bilan 2 yil ichida mehnat shartnomasi bekor qilinsa, bekor qilingan sanadan boshlab stavkalar tijorat stavkasiga o‘zgartiradi.
Agar ushbu xodim o‘rniga 1 oy ichida boshqa bitiruvchi qabul qilinsa, imtiyoz sharti saqlanadi.
Bitiruvchilar o‘rtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi o‘tkaziladi. G‘oliblarga 1 mlrd so‘mgacha grant ajratiladi, shart — tashkilot kamida 2 nafar bitiruvchini ishga oladi.
Mavzuga oid
17:49 / 19.05.2026
Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
22:38 / 08.04.2026