Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy yuk tashuvchilariga Latviya tranziti uchun ruxsatnomalar joyida beriladi
Belarus va Litva bilan ayrim chegara punktlarining vaqtincha yopilishi sharoitida Transport vazirligi va AIRCUZ milliy tashuvchilarga Latviya hududi orqali tranzitni ta’minlash maqsadida joyida ruxsatnoma berish tartibini yo‘lga qo‘ydi. Polotsk va Medumi–Zarasay punktlarida 12–15 noyabr kunlari ariza asosida Latviyaning ikki tomonlama/tranzit ruxsatnomalari rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Transport vazirligi hamda Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi (AIRCUZ) Latviya va Belarus elchixonalari ishtirokida ishchi guruh tuzganini ma’lum qildi. Guruh milliy tashuvchilarning Latviya orqali tranzit harakati uzluksizligini ta’minlash uchun ruxsatnoma blankalarini joyiga chiqib rasmiylashtiradi.
Joyida ruxsatnoma berish manzil va muddatlari:
- 12–15 noyabr — Polotsk/Polotsk (Belarus–Latviya) chegara punkti;
- 13–15 noyabr — Medumi–Zarasay/Medumi–Zarasay (Latviya–Litva) chegara punkti.
Ushbu punktlarda “E-avto ruxsatnoma” tizimiga berilgan arizalar asosida, tegishli ruxsatnomasi yo‘q bo‘lgan litsenziyalangan avtotransport vositalariga Latviyaning ikki tomonlama/tranzit ruxsatnomalari beriladi.
Ustuvorlik tartibi:
- 29 oktyabrgacha Litva–Belarus hududida yuk ortilgan holda bo‘lgan avtoulovlar;
- VMQning 2023 yil 7 iyul, 277-son qaroridagi shartlar asosida Latviya “universal taqsimoti”da qolgan blankalar doirasida;
- belgilangan muddatlarda Belarus–Latviya va Latviya–Litva punktlariga yetib kelgan boshqa milliy tashuvchilar.
17 noyabrdan keyin: qolgan ruxsatnomalar Transport vazirligi tomonidan “E-avtoruxsatnoma” AAT orqali berilgan arizalar asosida ajratiladi.
Hujjatlar ro‘yxati (o‘zingiz bilan olib keling):
- avtotransport vositasi texnik pasporti;
- avtotransport vositasi litsenziya varaqasi (xalqaro avtomobil yuk tashuvlari uchun);
- TIR-kitobcha (agar mavjud bo‘lsa);
- xalqaro tovar-transport yuk xati;
- litsenziyalangan korxona (tashuvchi)ning shtampi/muhri.
Eslatma va cheklovlar:
— Latviya ruxsatnomalaridan uchinchi shaxslar foydalanishi, uzrsiz sabablarsiz yo‘qotilishi yoki 90 kunlik foydalanish muddati buzilishi tufayli sanksiya qo‘llangan korxonalarga ushbu turdagi ruxsatnoma blankalari berilmaydi;
— barcha arizalar “E-avtoruxsatnoma” orqali yuboriladi. Korxonalardan hisob-kitoblarda yetarli mablag‘ va cheklovlar/sanksiyalar yo‘qligini oldindan tekshirib olish so‘raladi.
Mavzuga oid
08:58 / 29.05.2026
Latviyada yangi hukumat ish boshladi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
08:48 / 11.05.2026
Latviya mudofaa vaziri dronlar mojarosidan keyin iste’foga chiqdi
21:22 / 18.04.2026