Uzbekistan | 09:00 / 15.11.2025
2031
4 daqiqa o‘qiladi

Toyota akademiyasi: sifat, ishonch va rivojlanishning yangi bosqichi

Toyota Uzbekistan («Summit Motors Central Asia» MChJ XK) O‘zbekistonda mintaqadagi ilk va yagona trening markazini ya’ni Toyota Academy Central Asiani ishga tushirdi. Toyota Akademiyasi xodimlar malakasini oshirish, mijozlar ishonchini mustahkamlash va barcha dilerlik markazlarida xizmat sifatini bir standartga olib chiqishni maqsad qiladi.

Toyota Uzbekistan mamlakat poytaxtida yangi o‘quv va malaka oshirish markazi — Toyota akademiyasini ochdi. Yangi loyiha kompaniyaning mijozlarga yanada sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadami hisoblanadi.

2015 yildan buyon Markaziy Osiyo bozorida faoliyat yuritayotgan Toyota Uzbekistan («Summit Motors Central Asia» MChJ XK) va Toyota Central Asia bugungi kunda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonda rasmiy hamda yagona distribyutor sifatida ish olib bormoqda. Kompaniya faoliyati davomida uzoq muddatli ishonch, sifat va doimiy rivojlanish tamoyillariga tayanadi.

Akademiyaning asosiy maqsadi

Toyota akademiyasi — mintaqadagi ilk va yagona trening markazi bo‘lib, u nafaqat texnik bilim berish, balki xizmat madaniyati, mijoz bilan muloqot, sotuv va boshqaruv ko‘nikmalarini ham o‘rgatishga yo‘naltirilgan.

Loyiha orqali kompaniya barcha dilerlik markazlarida xizmat sifatini yagona standart darajasiga olib chiqishni, xodimlar malakasini muntazam oshirishni va eng muhimi — mijozlar ishonchini mustahkamlashni ko‘zlamoqda.

Akademiyadagi treninglar zamonaviy jihozlangan laboratoriyalarda o‘tkaziladi. Bu yerda gibrid texnologiyalar, elektron tizimlar, dvigatel va transmissiya bo‘yicha maxsus amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Bunday yondashuv mutaxassislarga nazariy bilim bilan birga real ish tajribasini ham beradi.

“Toyota Uzbekistan” bosh direktori Hiroki Shukuyaning aytishicha, bu O‘zbekiston bilan uzoq hamkorlik uchun muhim qadam hisoblanadi:

“Ushbu akademiya orqali biz ta’lim sifatini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilganmiz. Shuning uchun bugungi bosqichga yetganimizdan faxrlanamiz. Umid qilamanki, biz O‘zbekiston bilan uzoq yillar davomida birgalikda rivojlanamiz.

Toyota kompaniyasining asosiy missiyasi — mijozlarga xavfsizlik va xotirjamlikni ta’minlashdir. Shu maqsadda tashkil etilgan ushbu akademiya biz uchun katta ahamiyatga ega. Chunki aynan bu yerda biz o‘z mutaxassislarimizni tayyorlaymiz. Faqat bilimli va malakali xodimlargina sifatli xizmat ko‘rsatishi mumkin. Umid qilamanki, odamlar Toyota kompaniyasining sifatga bo‘lgan sadoqatini yanada chuqurroq his qilishadi. Bizning maqsadimiz — eng yuqori sifatli xizmatni taqdim etish va natijada mijozlar xavfsizligi hamda xotirjamligini ta’minlashdir”, deydi u.

Toyota uchun eng muhim jihat — bu mijozlar xavfsizligi va xotirjamligidir. Shu bois yaratilgan Toyota akademiyasi nafaqat kompaniya xodimlari uchun, balki butun mintaqadagi servis madaniyatini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qiladi.

Yangi markaz Toyota’ning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bilan uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi ishonchli qadami sifatida baholanmoqda.
 

Telefon: +998 78 120 18 18

Instagram | Sayt


Reklama huquqi asosida

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid