Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy-joy qurilishida kompleks qurilish tamoyili joriy etiladi
Prezident farmoniga muvofiq, uy-joy qurilishida kompleks qurilish tamoyili joriy etilib, zamonaviy uy-joylar ulushini 2040 yilgacha 50 foizga yetkazish hamda “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili asosida sohani tubdan isloh qilish vazifasi qo‘yildi.
“O‘zbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni (PF–219-son, 2025 yil 18 noyabr) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, uy-joy sohasini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab qo‘yildi, jumladan:
“Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish ishlarini izchil davom ettirgan holda uy-joy fondida zamonaviy uy-joylar ulushini 2040 yilga qadar 50 foizga yetkazish;
uy-joy qurilishi sohasini “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili asosida kompleks isloh qilish va uni amalga oshirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish.
Farmonga muvofiq, qurib bitkazilmagan uy-joylarni birinchi navbatda qurilishga jalb etish, shuningdek, ekologik toza mahsulotlardan foydalangan holda uy-joy infratuzilmasini oldindan barpo etishni nazarda tutuvchi kompleks qurilish tamoyili asosida uy-joylar qurilishini tashkil etish tartibi joriy etiladi.
Kompleks qurilish tamoyili doirasida, xususan, quyidagilar ta’minlanadi:
kompleks qurilish dasturlarini faqat ochiq va batafsil ishlab chiqilgan rejalar asosida tayyorlash;
loyihalarni amalga oshirishda hududlarning kelgusidagi ijtimoiy ehtiyojlarini inobatga oluvchi kompleks yondashuvdan foydalanish.
Qayd etilishicha, mazkur islohotlar uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish, qurilishning sifatini oshirish, aholining zamonaviy, qulay va ekologik jihatdan xavfsiz uy-joylarga bo‘lgan talabi yuqori darajada qondirilishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:34 / 05.06.2026
Qurilganiga 50 yildan oshgan uylarni qayta rejalashtirish taqiqlandi
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
09:46 / 26.05.2026