Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir davlat xizmatining “pasporti” yagona reyestrda yuritiladi
Adliya vazirligi tomonidan “Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunga muvofiq, har bir davlat xizmati uchun alohida “pasport” shakllantirilib, yagona onlayn reyestrda ochiq tarzda yuritiladi.
Adliya vazirligi tomonidan “Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3707, 2025 yil 21 noyabr).
Mazkur Nizomda Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi aniq belgilab berilgan. Unga ko‘ra, Davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Davlat xizmatlari yagona reyestri “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi. Reyestr doirasida har bir davlat xizmatining alohida “pasporti” yuritilib, unda xizmat turi, ko‘rsatish tartibi, zarur hujjatlar, muddatlar va boshqa muhim ma’lumotlar aks ettiriladi.
Davlat xizmatini yagona reyestrga kiritish yoki undan chiqarish, shuningdek, xizmat bo‘yicha ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish tegishli davlat xizmatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Nizomga ko‘ra, Davlat xizmatlari yagona reyestridagi ma’lumotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq hisoblanadi. Bu esa fuqarolar va biznes vakillariga davlat xizmatlari haqida ishonchli, yangilanib boruvchi axborotni bir joydan olish imkonini yaratadi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026
800 ga yaqin davlat xizmatida byurokratiya nolga tushirilishi aytildi
18:58 / 06.05.2026