O‘zbekiston | 16:02 / 28.11.2025
2669
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari harorat biroz pasayadi

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat biroz pasayadi, kechasi –2…+3, kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylariga tuman tushishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Juma kuni O‘zbekistonning katta hududida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat +15…+18 darajagacha isiydi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida harorat +5…+10 darajagacha pasayadi.

Shanba-yakshanba kunlari harorat 23 darajaga pasayadi. Kechasi 2…+3, kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi. Shimolda kechasi 0…-5, kunduzi +5…+10 daraja bo‘ladi.

Respublikaning ba’zi joylariga tuman tushishi mumkin. Biroz kuchsiz shamol sharqdan esib turadi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi +15…+17, shanba va yakshanbada kechasi 0…+3, kunduzi +11…+14 bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid