Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim daraxtlar gullay boshladi. Endi nima bo‘ladi?
Noyabr boshidagi sovuqlik sabab daraxtlar uyquga kirgan edi, ammo keyin o‘ta quruq va issiq ob-havo hukm surgani bois ayrim turdagi mevali daraxtlar gullab yubordi.
Bu tuproqning haddan tashqari quruqligi bilan izohlanadi. Odatda dov-daraxtlar qishki tinim davriga tuproqdagi yetarli namlik bilan kirib borishi kerak. Ammo, bu yil bunday hodisa kuzatilmadi: quruq tuproq dov-daraxtlarga kuchli stresslarni ulashib, +15 darajadan yuqori kuzatilgan harorat ularda kurtaklarning bo‘rtib chiqib, gullab yuborishi holatlarini keltirib chiqardi.
Dekabr oyining o‘rtasida, aniqrog‘i 10 dekabrdan 13 dekabr oralig‘ida aholi zich istiqomat qiluvchi viloyatlar hamda qishloq xo‘jaligi yer maydonlari katta bo‘lgan hududlarga yaxshigina yog‘ingarchilik tushishi oydinlashmoqda. Dekabr oyi umumiy ma’noda iliq kelishi va uning ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida kamida uch yoki to‘rtta nam havo oqimlaridan yog‘inlar tushishi kutilmoqda.