Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Angren Energo” va O‘zhydropower yirik milliy energiya kompaniyalariga aylanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi yangi obektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimidagi nutqida soha rivojida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidlar ekan, “Angren Energo” va O‘zhydropower korxonalarini kelajakda xalqaro standartlarga javob beradigan yirik milliy energiya kompaniyalariga aylanishiga ishonch bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda xususiy sektor, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarida jami 2 ming megavatt quvvatga ega kichik quyosh panellari o‘rnatilgan. Faqat shu yilning o‘zida ushbu quvvatlar hisobiga qariyb 2 milliard kilovatt-soat qo‘shimcha muqobil energiya ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, hududlarda 69 ming kilometr elektr tarmoqlari, 14 mingta transformator va yuqori kuchlanishli podstansiyalar yangilangan.
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, bu o‘zgarishlar nafaqat energiya ta’minotini yaxshilamoqda, balki mahalliy korxonalar rivojiga ham katta turtki bermoqda. Yangi qurilayotgan elektr stansiyalari va tarmoqlarini barpo etishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar faol ishtirok etmoqda: yil boshidan buyon ular tomonidan 700 million dollarlik qurilish materiallari, metall konstruksiyalar, kabel o‘tkazgichlar, elektr qurilmalari yetkazib berilgan, loyihalash-injiniring va qurilish xizmatlari ko‘rsatilgan.
Misol sifatida, Norin kaskad GESning 38 megavattli ilk gidroelektr stansiyasi to‘liq mahalliy mahsulotlardan foydalangan holda ishga tushirilgani qayd etildi.
– Shu ma’noda, bugun ishga tushirilayotgan va yiliga 15 mingta transformator ishlab chiqaradigan “Angren Energo” hamda 155 ta gidroagregat tayyorlab beradigan O‘zhydropower korxonalari katta istiqbolga ega, desak to‘g‘ri bo‘ladi, – dedi prezident.
Davlat rahbariga ko‘ra, ushbu korxonalarning quvvati oshib borishi, ichki bozorni sifatli uskunalar bilan ta’minlash barobarida, kelgusida mintaqaviy va xalqaro loyihalarda ham faol ishtirok etishga xizmat qiladi. Bu esa O‘zbekistonning energiya xavfsizligini mustahkamlash va sanoatni mahalliy mahsulotlar asosida rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.
Mavzuga oid
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026
Toshkentda 5 ta nimstansiya quriladi va tarmoqlar modernizatsiya qilinadi
08:22 / 24.02.2026