Sport | 20:26 / 21.12.2025
3294
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo futbol konfederatsiyasi OFK Millatlar Ligasi musobaqasini joriy etadi

Bu orqali raqib topishdagi qiyinchiliklar, logistika muammolari va yuqori xarajatlar kamaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Foto: O‘FA

Osiyo futbol konfederatsiyasi “AFC Nations League” (OFK Millatlar Ligasi) musobaqasini joriy etish rejasini ma’lum qildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining bildirishicha, yangi turnir Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro uchrashuvlar tizimini yanada tartibli va barqaror qilishga qaratilgan.

“Mazkur musobaqa FIFA kunlarida terma jamoalar uchun muntazam va mazmunli o‘yinlar tashkil etilishiga xizmat qiladi. Bu orqali raqib topishdagi qiyinchiliklar, logistika muammolari va yuqori xarajatlar sezilarli darajada kamaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.

OFK Millatlar Ligasi jamoalar darajasiga mos raqobat muhitini yaratib, sport tamoyillariga asoslangan muvozanatni ta’minlashni maqsad qilgan. Shu bilan birga, turnir milliy terma jamoalar uchun aniq rivojlanish va bosqichma-bosqich o‘sish yo‘lini belgilab beradi”, deyiladi O‘FA xabarida.

Musobaqaning formati, amalga oshirish bosqichlari va aniq muddatlari OFK qo‘mitalari muhokamalardan so‘ng rasman e’lon qilinishi aytilmoqda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid