Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Avtomobillardan biri yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab, xavfsizlik choralariga amal qilmasdan, chap tomonga qayrilib yuborgan. Shu yo‘nalishda ortdan kelayotgan boshqa avtomobil esa unga kelib urilgan.
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida yo‘l chetida to‘xtagan Cobalt kutilmaganda orqadan harakatlanib kelayotgan boshqa bir Cobalt’ning yo‘liga chiqib ketdi. To‘qnashuv oqibatida yo‘lovchilardan biri halok bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 21 dekabr kuni soat 12:30 lar atrofida tumanning Farg‘ona mahallasidan o‘tuvchi Farg‘ona-Satorobod-Xong‘iz avtomobil yo‘lining 6-kilometrida sodir bo‘lgan.
Cobalt Farg‘ona shahridan Xong‘iz qishlog‘i tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab, xavfsizlik choralariga amal qilmagan holda chap tomonga qayrilib yuborgan. Natijada o‘sha yo‘nalishda orqasidan kelayotgan yana bir Cobalt bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Yo‘lovchilardan biri tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan, 52 yoshli fuqaro shifoxonada vafot etgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
12:10 / 27.05.2026