O‘zbekiston | 09:21 / 23.12.2025
1638
1 daqiqa o‘qiladi

Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi

Adliya vazirligida “Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarning o‘z mablag‘lari miqdori va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra, ishonchli boshqaruvchi o‘zi boshqaradigan investitsiya aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishi shart.

Ishonchli boshqaruvchining o‘z mablag‘lari miqdori ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar, shuningdek kelgusi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari asosida belgilanishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini baholash ishonchli boshqaruvchilar tomonidan har chorakda amalga oshirilishi belgilandi. Baholash natijalari ishonchli boshqaruvchining o‘z mablag‘lari va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid