Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktabi tashkil etiladi
Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatlar negizida Ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktabi tashkil etiladi.
«Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi (Inklyuziv markaz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatlar negizida Ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktabi tashkil etiladi.
2026/2027 o‘quv yilidan Inklyuziv markaz tarkibida tajriba-sinov tariqasida inklyuziv-korreksion maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Unda boshlang‘ich sinflar uchun o‘quvchilarni moslashtirish, ta’lim va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek, individual ta’lim rejasi asosida korreksion va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan inklyuziv sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Inklyuziv markazda umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida ta’lim oluvchi nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun asosiy maktabdagi darslariga qo‘shimcha fan, kasb va korreksion mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 yanvardan Inklyuziv markazda davlat ta’lim tashkilotlari maxsus pedagoglarining bilim va ko‘nikmasini baholash uchun maxsus pedagoglarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi.
2027/2028 o‘quv yilidan hududlarda bosqichma-bosqich Inklyuziv maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
12:24 / 12.04.2026
“Gapira olmasa ham baxtliman” – matonatlilar oilasi haqida hikoya
19:55 / 11.03.2026
Nogironlar uchun onlayn platforma tenderida shubhali holatlar aniqlandi
20:20 / 03.03.2026