Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
Hukumat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchi bolalar uchun ehtimoliy xavflar qatoriga «nomaqbul kontent ta’siri», «bulling va uyquning buzilishi» kabilarni kiritdi.
Fransiya kelasi yilning 1 sentabridan boshlab 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi. Bu haqda tegishli qonun loyihasi matniga tayanib, Franceinfo xabar berdi. Loyihaning parlamentdagi muhokamasi yanvar oyida bo‘lib o‘tadi.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, qonun loyihasida ikkita taklif mavjud, birinchisi - 15 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash, ikkinchisi - o‘rta maktablarda mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash. Nashr manbalarining aniqlik kiritishicha, hujjat «Yevropa qonunchiligiga muvofiq» tuzilgan.
«Ko‘p sonli tadqiqotlar va hisobotlar o‘smirlar tomonidan raqamli ekranlardan haddan tashqari foydalanish bilan bog‘liq turli xavflarni tasdiqlaydi», deyiladi hujjatda. Hukumat bunday xavflar qatoriga «nomaqbul kontent ta’siri», «bulling va uyquning buzilishi» kabilarni kiritdi.
Ta’kidlanishicha, Fransiyada 2018 yildan boshlab maktabgacha ta’limdan o‘rta darajadagi sinflargacha mobil telefonlardan foydalanish taqiqlangan, biroq «ba’zida bu me’yorga rioya etilishini ta’minlash qiyin bo‘lmoqda».
Dekabr oyi boshida Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqladi. Asosiy platformalar, jumladan Facebook, Instagram va TikTok voyaga yetmaganlarning akkauntlarini o‘chirib tashlashi shart. Ijro etmaganlik uchun yirik miqdorda jarimalar nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
19:25 / 20.05.2026
Feyk xabarlarga chek qo‘yish: YouTube jiddiy yangilanishni tayyorlamoqda
23:00 / 24.04.2026