Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada boshpana bo‘yicha berilgan arizalar soni 51 foizga kamaydi
GFR Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatkichlar tushishini migratsiya siyosatidagi yangiliklar bilan izohlamoqda: chegaralarda nazorat, oilaviy birlashish dasturlarini bekor qilish, deportatsiyalar va fuqarolik olish qonunlariga o‘zgartishlar.
Germaniyada 2025 yilda boshpana berishni so‘rab berilgan birlamchi arizalar soni yarmidan ko‘proqqa qisqardi. Bu haqda yakshanba, 4 yanvar kuni Reuters agentligi federal ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Idora qayd etishicha, 2025 yilda GFR hududida qochqin maqomini so‘rab 113 236 ta birlamchi ariza topshirilgan. Taqqoslash uchun: 2024 yilda vazirlik 229 751 ta ariza, 2023 yilda esa 329 120 ta ariza haqida xabar bergan edi. Demak, o‘tgan yilda arizalar soni 51 foizga, ikki yil ichida esa 66 foizga kamaygan.
Ichki ishlar vaziri Aleksander Dobrindt bu o‘zgarishlarni kansler Fridrix Mers rahbarligidagi federal hukumat olib borayotgan nemis migratsiya siyosatidagi islohotlar bilan bog‘laydi.
Xususan, Dobrindtning aytishicha, Germaniyaga kirishda chegara nazorati joriy etilishi, oilani birlashtirish dasturi to‘xtatib turilishi, fuqarolik olishning tezlashtirilgan imkoniyatlari bekor qilinishi, shuningdek deportatsiyalar soni ko‘payishi samara bergan.
“Biz migratsiya jarayonlarida tartibni aniq va izchil o‘rnatyapmiz. Boshpana olish huquqi bo‘lmaganlar kelmasligi kerak. Jinoyatchiga aylanganlar esa ketishi shart”, — deya qo‘shimcha qildi Dobrindt.
Bundan oldin Germaniya federal hukumati Suriyada Asad rejimi ag‘darilgani va hokimiyat almashganidan keyin mamlakatdagi fuqarolik urushi yakunlangan, deb hisoblashini bildirgan edi. 2025 yil noyabrida kansler Mers Suriya fuqarolarida Germaniyada boshpana olish uchun hech qanday asos qolmaganini ta’kidlagan.
Dekabr oyi oxirida GFR 2011 yildan beri birinchi marta bir kishini Suriyaga deportatsiya qildi. Yangi 2026 yilda Germaniya hukumati avval xavfsiz emas, deb hisoblangan Suriya va Afg‘onistonga deportatsiyalarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
18:06 / 08.06.2026