Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers: Kiyev erkaklar Ukrainada bo‘lishini kafolatlashi kerak
GFR kansleri Ukraina prezidentini yosh ukrain erkaklari mamlakat chegaralari ichida o‘z yurtiga xizmat qilishi, Germaniya va boshqa davlatlarga chiqib ketmasligi uchun chora ko‘rishga chaqirdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yosh ukrain erkaklari Ukraina hududida o‘z yurtiga xizmat qilishini kafolatlashi kerak, shunda ular “Germaniya, Polsha yoki Fransiyaga chiqib ketmaydi”. Bunday bayonotni GFR kansleri Fridrix Mers seshanba, 6 yanvar kuni Parijda “ko‘ngillilar koalitsiyasi” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida qildi.
Shu kuni Bavariya bosh vaziri va GFR hukmron koalitsiyasiga kiruvchi Xristian-sotsial ittifoq (XSI) rahbari Markus Zyoder Ukraina xavfsizligini ta’minlashda ustuvor ahamiyat Ukraina harbiy xizmatchilarini ishga solishda bo‘lishi kerak, degan fikrni bildirdi.
Uning fikricha, xuddi shu maqsad uchun Germaniyadan Ukrainaga ketgan qochqinlarni ham vataniga qaytarish lozim. “Yosh nemis erkaklari Ukrainaga jo‘nab ketishiga to‘g‘ri kelmasidan oldin, Germaniyadan yosh ukrain erkaklari vataniga qaytishi kerak. Yosh ukrain erkaklari o‘z yurtiga borib, mamlakatini himoya qilishi kerak”, — deb ta’kidladi Zyoder Zeyeon monastirida XSIning yopiq yig‘ilishi chog‘ida.
Shu bilan birga, XSI rahbari umuman olganda Germaniya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish (otashkesim) rejimiga rioya etilishini nazorat qilishda ishtirok etishga tayyorligini aytdi. “Ammo buni (ushbu rejimga rioya etilishini — tahr.) askarlar ta’minlay oladimi-yo‘qmi, buni hali ko‘rish kerak”, — dedi u.
Parijdagi “ko‘ngillilar koalitsiyasi” uchrashuvi yakunlari bo‘yicha GFR kansleri Fridrix Mers aytishicha, u nemis harbiy xizmatchilarining Ukrainada tinchlikni saqlash ishlarida ishtirok etish ehtimolini istisno qilmaydi, biroq ular xizmatni Ukraina hududida emas, boshqa joyda o‘tashi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, ehtimoliy yechim — nemis tinchlikparvarlarini Ukraina bilan chegaradosh NATO davlatlaridan birida joylashtirish bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:40
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026