Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim xomashyo import boji “nol” stavkada 2027 yilgacha uzaytirildi
Prezidentning 2026 yil 19 yanvardagi PF–5-son farmoni bilan ayrim xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji “nol” stavkada qo‘llanishi muddati 2027 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.
Prezident farmoni (PF–5-son, 19.01.2026 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, prezidentning 2021 yil 20 oktyabrdagi “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5262-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import bojxona boji 2027 yil 1 yanvarga qadar “nol” stavkada qo‘llanishi belgilandi.
Qayd etilishicha, ilgari mazkur xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import bojxona boji 2024 yil 1 yanvarga qadar “nol” stavkada qo‘llanishi belgilangan edi.
Mavzuga oid
10:00 / 13.04.2026
Oliy ta’limda milliy tadqiqot universitetlari tashkil etiladi
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
09:45 / 07.04.2026
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi
10:05 / 01.04.2026