Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev jamoat xavfsizligi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi
Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasiga tashrif buyurib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, poytaxtda xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi.
Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida davlat rahbari Qo‘riqlash boshqarmasi faoliyati, jamoat tartibini saqlash, obektlar xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi.
Shuningdek, prezident rahbarligida o‘tkaziladigan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish, aholi osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
21:45 / 08.04.2026