Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar 5+1 dual tizimda oliy ma’lumot oladi
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachi-pedagoglarni oliy ma’lumotli qilish jarayoni dual ta’lim asosida tashkil etiladi. Unda tarbiyachilar haftaning 5 kuni bog‘chada ishlaydi, 1 kuni esa oliygohda tahsil oladi.
4 fevral kuni prezident maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishar ekan, bog‘chalarda faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilarni oliy ma’lumotli qilish yuzasidan alohida topshiriq bergani ma’lum qilingan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaning intervyusida qayd etilishicha, mazkur jarayon “5+1” dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni tarbiyachilar besh kun o‘zlari ishlayotgan maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat yuritadi, bir kun esa pedagogika oliy ta’lim muassasasida o‘qitiladi.
Vazir ma’lumotiga ko‘ra, tarbiyachilar bakalavriat bosqichida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oladi.
Mavzuga oid
16:19 / 10.04.2026
Navoiyda bolalarni urib, haqoratlagan tarbiyachi qamoqqa olindi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
12:58 / 13.03.2026
Maktabgacha ta’limda ishlovchi pedagoglar uchun dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi
08:25 / 26.02.2026