Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
E-ekspertiza orqali sud ekspertizasi bo‘yicha hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi
2026 yil 20 fevraldagi 74-son hukumat qarori bilan sud ekspertizasini o‘tkazishda elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hukumat qarori (74-son, 20.02.2026 y.) bilan Sud ekspertizasini o‘tkazishda elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
— elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish;
— sud ekspertizasini tayinlash va ish materiallarini yuborish;
— elektron axborot tizimlari orqali so‘rovlarni qabul qilish va tadqiqotlarni o‘tkazish;
— elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar aylanishi tartibi va muddatlari;
— ekspertiza tadqiqotlari yakuniga ko‘ra xulosa tayyorlash va uni elektron axborot tizimlari orqali yuborish tartibi.
Ma’lumot uchun, prezidentning 2025 yil 8 sentabrdagi PQ–270-son qaroriga asosan E-ekspertiza platformasini ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilish orqali ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish qayd etilgan.
Nizomga ko‘ra, ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertizani tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) va ish materiallari E-ekspertiza platformasi orqali yuborilmagan taqdirda, bunday qaror (ajrim) asosida sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ekspertiza o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, nizomga asosan elektron axborot tizimlari orqali kelib tushgan hujjatlarni ekspertiza tayinlovchi organga qaytarish asoslari belgilandi.
Bundan tashqari, E-ekspertiza platformasida shartnoma asosida to‘lov amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ish materiallari yuzasidan elektron to‘lov qilish imkoniyatlari yaratiladi.
Shu bilan birga, ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs) o‘zi tomonidan tayinlagan ekspertizaning ijro holatini axborot tizimlari orqali onlayn kuzatib boradi.
Mazkur hukumat qarori bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi.
Qaror sud ekspertizalarini o‘tkazishga sarflanadigan vaqtni keskin qisqartirishga, sud ekspertiza xulosalarini rasmiylashtirishda ortiqcha qog‘ozbozlik, pochta xarajatlari va byurokratik holatlarga barham berishga, sud ekspertiza sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026