Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda uchrashuv: O‘zbekiston va BP neft-gaz imkoniyatlarini o‘rganadi
Londonda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov dunyodagi yirik neft-gaz kompaniyalaridan biri bo‘lgan BP rahbariyati vakili bilan uchrashib, energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar va yangi investitsiya imkoniyatlarini muhokama qildi.
Londonda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov eng yirik transmilliy neft-gaz korporatsiyalaridan biri – BP (British Petroleum) vakili Ariel Flores bilan uchrashdi.
O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida ma’lum qilishicha, muloqot davomida mamlakatda energetika sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, investitsiya muhitini yanada yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlar hamda yirik qo‘shma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Ustyurt” loyihasini izchil rivojlantirish, qo‘shimcha neft va gaz zaxiralarini o‘rganish, qayta tiklanadigan energiya manbalari va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026