Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Mamlakat bosh vaziri Shahboz Sharif «qo‘rqoqlarcha sodir etilgan terrorchilik akti»ni keskin qoraladi va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Foto: The Associated Press
Pokiston janubi-g‘arbidagi Belujiston viloyatida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida 23 kishi halok bo‘lib, kamida 70 kishi yaralandi.
Bu vaqtda harbiy xizmatchilarni olib ketayotgan poyezd hudud ma’muriy markazi hisoblangan Kvetta shahri orqali o‘tayotgandi.
Poyezdning ikki vagoni ag‘darilib, yonib ketgan, yaqin atrofda turgan avtomobillar, bir nechta uylar va temiryo‘l liniyasi yaqinida joylashgan binolar shikastlangan.
AFP agentligi mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berishicha, vagonlardan biriga «portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobil» kelib urilgan va bu «kuchli portlash» keltirib chiqargan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z mustaqil davlatini qurish uchun kurashib keluvchi «Belujiston ozodlik armiyasi» ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif «qo‘rqoqlarcha sodir etilgan terrorchilik akti»ni keskin qoraladi va bu hujum Pokiston xalqining qat’iyatiga daxl qila olmasligini ta’kidladi.
«Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiraman va yaralanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman», – deya qo‘shimcha qilgan u.
Pokiston senati a’zosi va mamlakatning AQShdagi sobiq elchisi Sherri Rahmon ham hujumni qoralab, qurbonlarning ko‘pchiligi Qurbon hayitini nishonlash uchun ketayotgan ayollar va bolalar bo‘lganini aytgan.
«Bunday yovuzliklarni sodir etayotganlar shuni bilishlari kerakki, fuqarolarimiz va xavfsizlik kuchlari po‘lat asosga ega», – degan u.
Mavzuga oid
21:05 / 20.05.2026
Eron boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishni ko‘rib chiqmoqda
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
20:53 / 15.05.2026
Pokiston Qoraqalpog‘istonda qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
20:35 / 13.05.2026