Jahon | 22:29 / 05.06.2026
7638
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga javob qaytardi.

Foto: Ludovic Marin/ Pool Photo via AP

«Afsuski, Rossiya tomoni yana urushni tanlamoqda - bugungi javobni hamma eshitdi. Kuchsiz javob. U shunchaki urushni tugatishni istamayapti. O‘ylaymanki, bu javob dunyodagi ko‘pchilikni xafa qildi. U hech narsani o‘zgartirmoqchi emas va uning urushi faqat o‘ziga va undan pul topayotganlarga yoqishini tan olishni istamaydi - ularning barchasi bugun juda jilmayib turishardi. Demak, Rossiyaning puli kamayishi, Rossiyaga bosim esa kuchayishi kerak. Bizga yordam berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman! Men Ukraina bilan bo‘lgan, haqiqiy tinchlikni istagan barchaga minnatdorchilik bildiraman», deyiladi Ukraina prezidenti telegram kanalida.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat rahbarlarining bahsi 4 iyun kuni Zelenskiyning Putinga yo‘llagan ochiq maktubi bilan boshlandi. Unda Ukraina rahbari Rossiya uchun urush narxini keskin oshirishga qodirligini, ammo harbiy harakatlarni tugatish uchun shaxsan uchrashishga tayyorligini aytgan edi.

Bir kun o‘tgach, Vladimir Putin bunga javoban Zelenskiy bilan uchrashishdan hech qachon bosh tortmaganini, lekin «bo‘sh idishni yana bir bo‘sh idishga bo‘shatishni» istamasligini ta’kidladi. Shuningdek, maktub qo‘pollik unsurlariga egaligini va hozircha Zelenskiy bilan uchrashishdan ma’no yo‘qligini aytdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid