O‘zbekiston | 15:00
710
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ma’mun universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya!

🏛🌍Bugun Ma’mun universitetida “Amudaryo havzasida antropogen landshaftlar va ijtimoiy tarix” mavzusiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ish faoliyatini boshladi.

Foto: Ma’mun universiteti

🎓✨Mazkur ilmiy anjumanda Fransiya, Italiya, Turkiya, Tojikiston hamda O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan arxeologlar, tarixchi olimlar va yetuk mutaxassislar ishtirok etmoqda.

🌐📚Konferensiya doirasida ishtirokchilar tomonidan Amudaryo havzasining tarixiy taraqqiyoti, inson faoliyati natijasida shakllangan landshaftlar, qadimiy madaniyatlar va zamonaviy ilmiy yondashuvlar yuzasidan dolzarb ma’ruzalar tinglanmoqda hamda ilmiy fikr almashinuvi olib borilmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida Xorazmning noyob tarixiy obidalaridan biri bo‘lgan Hazorasp qal’asida DSc., professor Masharipov Qudrat tomonidan maxsus master-klass tashkil etildi.

🏰Master-klass davomida ishtirokchilar qal’aning tarixiy tuzilishi, mudofaa tizimi va arxeologik ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy mashg‘ulot jarayonida qal’a hududi batafsil o‘rganilib, qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar.

🏰Shu bilan birgalikda kunning ikkinchi yarmida Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan Xumbuztepa arxeologik yodgorligida master-klasslar davom etdi. Jumladan, PhD. dots. Bahrom Sadullayev “Xumbuztepa arxeologik manzilgohida olib borilgan qazishmalar natijalari” mavzusida ma’ruza qildi.

🏰PhD Ismoilov Shohruxmirzo esa “Quyi Amudaryo havzasidan topilgan yangi tangalar xazinasi” mavzusidagi mahorat darslari tinglovchilarda zo‘r qiziqish uyg‘otdi.

Bundan tashqari, Tarix kafedrasi mudiri DSc., professor Matkarimova Sadoqat Maqsudovna esa “Quyi Amudaryo xalqlari og‘zaki ijodida suvning ahamiyati” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.

🏰Shuningdek, konferensiyaning master-klass qismida PhD. dots. Rahimov Shixnazar tomonidan Xumbuztepa arxeologik yodgorligida maxsus amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda yodgorlikning madaniy qatlamlari, topilgan arxeologik topilmalar haqida ilmiy ma’lumotlar berildi.

🏰Mahorat darsi davomida xalqaro ekspeditsiyalar, zamonaviy tadqiqot metodlari va eng so‘nggi arxeologik kashfiyotlar haqida jonli fikr almashdilar.

🏛🌍Ilmiy-amaliy konferensiya ikkinchi kungi ishini ertalab mehmonlarni Ma’mun universitetining Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion rivojlanish markazida kutib olishdan boshladi.

🏫 Ma’mun universitetida “Amudaryo havzasida antropogen landshaftlar va ijtimoiy tarix” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etilgan.

➡️Mazkur anjuman O‘zbekiston, Fransiya, Italiya va Tojikistonning yetuk olimlari, professorlari hamda tadqiqotchilarini bir maydonda jamlab, Amudaryo havzasining tarixiy, ekologik, madaniy va ijtimoiy taraqqiyotiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim ilmiy platformaga aylandi.

🎤Konferensiyaning ochilish marosimida Ma’mun universiteti rektor v.b. Sardorbek Sharifzoda tabrik so‘zi bilan chiqish qilib, bugungi globallashuv davrida suv madaniyati, antropogen landshaftlar va ekologik tarixni o‘rganish nafaqat ilmiy, balki strategik ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, universitetning xalqaro ilmiy hamkorlikdagi faol ishtiroki tobora kengayib borayotganini qayd etdi.

✨ Yalpi majlis ayniqsa xorijlik olimlarning ilmiy ma’ruzalari bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Aix-Marseille universiteti professori, HDR doktori Dr. Camille Rhoné-Quer “XIX asr sayohatnomalari asosida Amudaryoning ekologik tarixini o‘rganish” mavzusidagi ma’ruzasida tarixiy manbalarni zamonaviy ekologik tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirish metodologiyasi haqida chuqur ilmiy fikrlar bildirdi.

Bolonya universiteti olimi Dr. Simone Mantellini

“Suvni boshqarish orqali hududni shakllantirish: Samarqand gidravlik tarixi” mavzusida ma’ruza qilib, qadimiy irrigatsiya tizimlari va suv boshqaruvining tarixiy taraqqiyotdagi o‘rnini ilmiy asosda yoritdi.

CNRS ilmiy markazi tadqiqotchisi Dr. Johanna Lhuillier

Yuqori Amudaryo hududidagi ilk temir davri jamoalarining atrof-muhitga moslashuv strategiyalari haqida qimmatli ilmiy xulosalarni taqdim etdi.

Archéorient laboratoriyasi tadqiqotchisi Dr. Roberto Arciero

Pashkurt vodiysidagi suv oqimlari va irrigatsiya landshaftlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan dastlabki ilmiy tadqiqot natijalari bilan ishtirok etdi.

Italiyalik geograf olim Dr. Andrea Zinzani

“Gidrosotsial hududlarning transformatsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasida tog‘ suvlari, davlat siyosati va mahalliy hamjamiyatlar o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni xalqaro tajribalar asosida tahlil qildi.

Konferensiyada mahalliy olimlarning ma’ruzalari ham katta qiziqish uyg‘otdi.

🔹 Professor Adham Ashirov — o‘zbek xalqining suv bilan bog‘liq madaniyati va qadriyatlari haqida;

🔹 Professor Sadoqat Matkarimova — Amudaryo havzasidagi eko-madaniy transformatsiyalar, milliy taomlar va raqs san’atining ritual xususiyatlari haqida;

🔹 Tojikistonlik professor Shodmon Vohidov — qadimgi Xorazm sug‘orish tarixi va miroblik instituti haqida ilmiy ma’ruza qildi.

🤝Konferensiya davomida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish hamda Amudaryo havzasining boy tarixiy-ekologik merosini xalqaro miqyosda chuqur o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🏫Mazkur xalqaro anjuman Ma’mun universitetining ilm-fan va xalqaro akademik hamkorlik borasidagi nufuzi tobora yuksalib borayotganini yana bir bor namoyish etdi.

Ma’mun universiteti matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH

Reklam huquqi asosida

 
Моҳидил Абдуллаева
Tayyorlagan Моҳидил Абдуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid