Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
16 yoshga to‘lib, ID karta olgan o‘g‘il bolalar avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yiladi. Mudofaa ishlari bo‘limlarida tibbiy komissiyadan o‘tish tartibi bekor qilinib, barcha tibbiy ko‘riklar poliklinikalarda bo‘ladi. Mudofaa ishlari organlarining fuqaroviy xodimlari maoshi 80 foizga oshirilmoqda. Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi 25 foizga ko‘paytirildi.
O‘zbekistonda mudofaa ishlari organlari faoliyatiga “nol byurokratiya” tamoyilini joriy qilish maqsadida harbiy hisobga olish, tibbiy va chaqiruv komissiyalarini raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedovning ma’lum qilishicha, 16 yoshga to‘lgan va ID karta olgan o‘g‘il bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar IIVning axborot tizimidan olinib, ular avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yish tartibi joriy etiladi.
Mudofaa ishlari bo‘limlarida tibbiy komissiyadan o‘tish tartibi bekor qilinib, barcha tibbiy ko‘rik tadbirlari tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida amalga oshiriladi.
“Muhtaram prezidentimiz barcha takliflarni ma’qullab, bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan bir qator topshiriqlarni belgilab berdilar”, – dedi vazir 8 iyun kuni davlat rahbari huzuridagi taqdimotdan keyin “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.
General Xolmuhammedovning so‘zlariga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qarorga asosan:
-
Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan pul kompensatsiyasi 25 foizga oshirildi;
-
mudofaa ishlari organlari fuqaro xodimlarining ish haqi joriy yil 1 iyuldan 20 foizga, 2027 yil 1 yanvardan yana 50 foizga oshiriladi.
Mavzuga oid
15:20
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026
Mudofaa vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi
18:16 / 21.01.2026