O‘zbekiston | 13:47
2041
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi

Navoiy viloyatining Nurota tumanida Tico va Sinotruk yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib, asosiy yo‘ldagi yuk mashinasiga yo‘l bermagan. Hodisa oqibatda Tico haydovchisi vafot etgan.

Foto: Navoiy YHXB

Navoiy viloyatining Nurota tumanida Tico va Sinotruk rusumli yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Viloyat YHXB xabar berishicha, hodisa 3 iyun kuni soat 08:30 lar atrofida Nurota tumani «Tinchlik» MFY hududidan o‘tuvchi D-191 Qizilqum halqa yo‘lining 86-kilometrida sodir bo‘lgan.

Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib kelib, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan Sinotruk yuk mashinasiga yo‘l bermasdan harakatlanib, unga borib urilgan.

Tico haydovchisi olingan tan jarohatlari tufayli olgan tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hodisadan so‘ng mahalliy aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bildirilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid