O‘zbekiston | 09:00
490
2 daqiqa o‘qiladi

Yandex Uzbekistan Top Employer 2026 maqomiga sazovor bo‘ldi

Top Employers Institute talqiniga ko‘ra, Yandex Uzbekistan 2026 yilda O‘zbekistondagi eng yaxshi ish beruvchilardan biri deb e’tirof etildi. Mazkur sertifikat kompaniyaning inson resurslarini boshqarish strategiyasi, aniq maqsadlarga yo‘naltirilganligi, xodimlarning jalb qilinganligi va kasbiy rivojlanishi orqali yuqori samarali mehnat muhitini yarata olishini anglatadi.

Foto: Yandex Uzbekistan

Top Employers Institute dunyoning 131 mamlakatida faoliyat yuritadi. Tashkilot kompaniyalarni kadrlar siyosati, mehnat muhiti, iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish, o‘qitish va rivojlantirish, xilmaxillik va teng imkoniyatlar, shuningdek, xodimlar farovonligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan keng qamrovli baholash natijalari asosida sertifikatlaydi.

Top Employers Institute bosh direktori Adrian Seligman shunday dedi:

«Top Employer 2026 milliy sertifikatiga ega bo‘lish Yandex Uzbekistan kompaniyasining barqaror biznes natijalariga xizmat qiluvchi zamonaviy va samarali mehnat muhitini shakllantirishga sodiqligini namoyon etadi. Biz mazkur kompaniyaning O‘zbekistonda mehnat madaniyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan muhim hissasini e’tirof etishdan mamnunmiz».

Sertifikatlangan kompaniyalar eng yaxshi ish beruvchilarning global hamjamiyati bilan hamkorlik qilish, shuningdek, inson resurslarini boshqarish sohasidagi ilg‘or amaliyotlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va ekspert baholaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yandex Uzbekistan (Yango Group tarkibiga kiradi) — shahar mobilligi, ko‘ngilochar xizmatlar, biznes uchun raqamli yechimlar va sun’iy intellekt vositalarini qamrab olgan keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etuvchi jadal rivojlanayotgan texnologik kompaniyadir. Kompaniya O‘zbekistonda kundalik hayot va biznes yuritish uchun yanada qulay muhit yaratishga hissa qo‘shmoqda.

Yandex Uzbekistan mahalliy iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida IT sohasidagi ta’lim dasturlari va yoshlarga zamonaviy ko‘nikmalarni, jumladan, mashinali o‘qitish texnologiyalarini o‘zlashtirish imkonini beruvchi tashabbuslarga sarmoya kiritmoqda. Shuningdek, kompaniya yoshlarni professional hamjamiyatlar bilan yaqin hamkorlik qilishga rag‘batlantiradi.

Bundan tashqari, Yandex Uzbekistan inklyuzivlik tamoyillarini ilgari surib, o‘z xizmatlarini nogironligi bo‘lgan insonlar uchun moslashtirish bo‘yicha ham tizimli ishlar olib bormoqda.

Моҳидил Абдуллаева
Tayyorlagan Моҳидил Абдуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid