12:39 / 05.05.2015
2230

BMT Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga 70 yil to‘lishi munosabati bilan ko‘rgazma tashkil etdi

1061758866 Kun.uz: Nyu-Yorkdagi BMT bosh qarorgohida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda namoyish etilgan o‘ttizga yaqin suratlarda urush yillaridagi mehnatkashlarning hayot tarzi aks ettirilgan. Ko‘rgazma “Ikkinchi jahon urushi: tinchlikni yod etib” deb nomlandi. Ko‘rgazmada urush davrining suronli yillari turli davlatlar fuqarolarining chekkan zahmati turli ko‘rinishlardagi suratlarda ifodalangan. Shuningdek, ko‘rgazma markazida 15 nafar urush qahramonlari surati o‘rin egallagan: Mixail Yegorov (Rossiya), Meliton Kantariya (Gruziya), Azi Aslanov (Ozarbayjon), Ivan Bagramyan (Armaniston), Marat Kazey (Belarus), Aliya Moldagulova (Qozog‘iston), Cholponbay Tuleberdiyev (Qirg‘iziston), Mariya Melnikayte (Litva), Ion Soltis (Moldaviya), Domullo Azizov (Tojikiston), Kurban Durdi (Turkmaniston), Turg‘un Axmedov (O‘zbekiston), Mariya Dolina (Ukraina) va Endelb Pusepa (Estoniya). Ko‘rgazma ochilishida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Kristina Gallax ishtirok etib, BMT tashkilotining Ikkinchi jahon urushi oqibatida yuzaga kelganini va 1945 yilda qabul qilingan tashkilotning Ustavi “Biz Birlashgan millatlar kelajak avlodni urush falokatidan asrashga qaror qildik” deya boshlanishini yodga olib o‘tdi. xab-4
Top