12:42 / 12.05.2015
1246

Koreyalik va xitoylik bo‘lgan 53 nafar sayyoh Gonkongda YTH oqibatida jabrlandi

Gongkongda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida 53 kishi turli darajada jarohatlar olgan. Standart gazetasida xabar qilinishicha, avtobusda Janubiy Koreyadan va Xitoyning Anxoy viloyatidan kelgan sayyohlar ketishayotgan bo‘lgan.

Bu hodisa orolning janubiy qirg‘oqlari yaqinida yuz bergan.

Ma'lum qilinishicha, tor yo‘lda avtobus va yuk mashinasi harakatlanishda muammoga duch kelgan.

Ayni damda jabrlanuvchilarga tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan.

Politsiya tekshiruv olib bormoqda. Haydovchilardan biriga ayblov qo‘yilishi mumkin.

Top