01:44 / 13.05.2015
1999

Kolumbiya Shell va Exxon’ni slanetsli neft qazib olishda hamkorlik qilishga taklif etmoqda

Kolumbiya tog‘-ruda sanoati va energetika vaziri Tomas Gonsales Royal Dutch Shell va ExxonMobil kompaniyalari bilan hamkorlikda ikkitadan kam bo‘lmagan shelf loyihalarini amalga oshirish rejalari haqida ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.  

“Biz slanetsli neft qazib olish sohasida ko‘rayotgan narsamiz shuki, uning istiqbolligi ba'zi kompaniyalar uchun ularning oldinga harakat qilishlarida ancha qiziqarli bo‘layotganidir”, deb aytdi Gonsales. Gonsalesning aytishicha, yangi konlar Kolumbiya neft qazib oluvchi Ecopetrol davlat kompaniyasiga o‘z zaxiralarini ko‘paytirishga imkon beradi. Bugungi qazib olish hajmi esa yaqin 8 yil ichida faoliyat yuritishni prognoz qilishga imkon beradi.   

O‘tgan yili Kolumbiya hukumati gidrouzish usuli yordamida neft va tabiiy gaz razvedkasini o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Joriy yilning fevralida neft narxining tushishi sababli Kolumbiyada neft razvedkasi va qazib olinishi to‘xtatilishi ma'lum bo‘lgan edi.    

Top