17:08 / 13.05.2015
1928

May oyida “2015 yilda Osiyo va Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat sharhi” taqdimoti o‘tkaziladi

May oyining o‘rtalarida Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha BMT Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan tayyorlangan “2015 yilda Osiyo va Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat sharhi” hisobotining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Ushbu hisobot ko‘plab qirralar tahliliga asoslangan inklyuzivlik indeksini tashkil qiladi; unda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlar o‘z aksini topadi. Hisobot o‘z navbatida ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha milliy hisobotlar materiallariga asoslanadi. Jumladan, 2015 yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Ming yillik maqsadlari bo‘yicha Ikkinchi milliy hisobotni taqdim qildi.
Mediabrifing BMT bosh kotibi o‘rinbosari, Iqtisodiy va ijtimoiy komissiya ijrochi kotibi doktor Shamshod Axtarning videomurojaatidan boshlanadi. Hisobot taqdimoti 14-19 may kunlari orasida mintaqaning barcha davlatlarida bo‘lib o‘tadi.

Top