16:29 / 13.05.2015
2242

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining “Yilning eng faol jurnalisti – 2014” tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Yilning eng faol jurnalisti – 2014” tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlanishini e'lon qildi. Tanlovga 2014 yilning 1 iyunidan 2015 yilning 1 iyunigacha gazeta va jurnallarda, internet nashrlarda e'lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar qabul qilinadi.

Materiallar tanlovga tahririyatlar tavsiyasi bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari orqali joriy yilning 10 iyunigacha muallifning ish joyi, telefoni, manzili haqidagi ma'lumotlar va pasport nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi lozim.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab 27 iyunda o‘tkaziladigan bayram tadbirida tanlov g‘oliblari va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi.

Materiallar “Yilning eng faol jurnalisti – 2014” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100129, Toshkent shahri,
Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
3-qavat, 30, 35-xonalar.
Telefonlar: 244-64-61; 244-37-87.

Top