15:36 / 13.05.2015
1911

Paralimpiya bo‘yicha o‘yinlaridagi medallar soni 6taga yetdi

Koreyaning Seul shahrida Paralimpiya xarakatida 1998 yildan buyon an'anaga aylangan IBSA Jahon o‘yinlarining uchinchi kuni, 13 mayda dzyudo va suzish sport turlaridan 1tadan oltin va bronza medallari O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari tomonidan zabt etildi. Bu haqda O‘zbekiston MPA Matbuot kotibi ma'lum qilgan.

Dzyudo bo‘yicha  O‘tkir Nigmatov 66 kg. vazn toifasida yarim final bosqichida 2012 yil London Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi, ukrainalik Devid Xoravani 1:24 daqiqada hamda final bosqichida mongoliyalik raqibi Ajim Munkbatni 00:30 soniyada ippon baholari bilan mag‘lub etib, musobaqaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Shuningdek, Jahon o‘yinlari ikki karra g‘olibi Dmitriy Xorlin 100 metr masofaga erkin suzish baxsida 00:55.04 soniya natija bilan bronza medalini xam qo‘shib qo‘ydi.

Terma jamoa hisobida shu kunga kelib, 3 oltin, 1 kumush va 2 bronza medallar jamlangan.

Top