01:55 / 13.05.2015
6652

Jan-Klod Van Damm chorak asr o‘tib “Kikbokschi” filmidagi raqsini yana ijro etdi

Gollivudlik mashhur aktyor Jan-Klod Van Damm Sonan kechki shousi efirida “Kikbokschi” filmidagi qahramonining raqsini yana ijro etdi. Bu qisqa ijro etilgan raqs videoyozuvi YouTube portalida joylashtirildi.

Shou boshlovchisi Konan O'Brayn “Kikbokschi” filmi uning eng sevimli filmlaridan biri ekanligini tan oldi va ko‘rsatuv mehmoni Van Dammdan filmdagi raqs sahnalarini qaytarishga urinib ko‘rishini so‘radi. “O‘sha harakatlar hali ham esimda bor”, deb aytdi Van Damm va studiya o‘rtasiga chiqib, shpagatdan tashqari raqsning barcha asosiy elementlarini ijro etdi. Filmdagi kabi shouda u bilan oldindan tayyorlangan ikki nafar aktyor jang qildi.

Avvalroq aktyor 2015 yilning oxirida ekranga chiqarilishi kerak bo‘lgan “Kikbokschi” filmining rimeykida rol ijro etishi ma'lum qilingandi. Yangi filmda u jang san'ati ustasi, ustoz Chouning rolini ijro etadi.

“Kikbokschi” filmi 1989 yilda ekranga chiqarilgan. Van Damm bu filmda ishtirok etganida 29 yoshda bo‘lgan. Film syujyeti bo‘yicha bosh qahramon tay boksi bo‘yicha beshafqat jang guvohi bo‘ladi. Bu jangda ishtirok etgan uning akasi jarohat olib, nogironlar aravachasiga mixlanib qoladi. Akasining o‘chini olish maqsadida Van Damm qahramoni keksa yoshdagi jang san'ati ustasi bilan tanishib qoladi hamda undan kerakli malakalarni o‘rganib, ringga jang qilgani chiqadi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu film aktyor suratga tushgan eng yaxshi jangari filmlardan biri sanaladi.

Top