17:24 / 14.05.2015
1925

2015 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda 49.6 mln dollarlik 76ta grant olindi

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonda umumiy qiymati 49.6 mln dollarga teng jami 76ta grant olindi. Bu haqda moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, grantlarning 16tasi (29.6 mln dollar) sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirilgan. Umumiy qiymati 5.9 mln dollarni tashkil qiluvchi 25 grant fan, ta'lim, malaka oshirish sohalariga qaratilgan. Huquq-tartibot va bojxona idoralarining texnik ta'minotiga 5.9 mln dollarlik 2ta grant yo‘naltirilgan.
Shuningdek, ekologiya, davlat xizmatini institutsional rivojlantirish, ijtimoiy himoya, madaniyatni rivojlantirish singari sohalarga qaratilgan grantlar olingan.

Top