20:30 / 22.05.2015
2693

Xristo Stoichkov: “Real” uchun yetti yil ichida bir marta chempionlik bu sharmandalikdir”

“Barselona” futbol klubining sobiq hujumchisi Xristo Stoichkov Madridning “Real” futbol klubi uchun joriy mavsum omadsiz kelgani borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Real” yetti yil ichida bir marta Ispaniya chempionligi unvonini qo‘lga kiritgani – bu, albatta, sharmandagarchilik. O‘ylaymanki, hattoki men hozirgi yoshimda ham sobiq jamoadoshlarim bilan o‘ynab, ko‘proq yutuqqa erishgan bo‘lardim.

Bu mavsumda Madridning “Real” basketbol klubi ko‘proq natijalarga erishdi. Madridliklarning futbolchilari esa mavsumning barcha bosh o‘yinlarini televizor oldida o‘tirib tomosha qilishadigan bo‘ldi”, deb istehzoli aytib o‘tdi Stoichkov.

Top