18:53 / 28.06.2015
7443

O‘zbekistonlik imom AQShda Qur'oni Karimni xatm qilishda ko‘mak bermoqda

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng qisqa muddat ichida jamiyat hayotining turli sohalarida ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi, shu jumladan, fuqarolar uchun o‘z diniy ibodatlarini emin-erkin ado etish imkoniyatlari tug‘ildi. Bu borada O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z faoliyatini olib borish bilan bir qatorda dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladigan turli xalqaro tadbirlar va xalqaro Qur'oni karim musobaqalarida iqtidorli o‘zbekistonlik qorilarning ishtirokini ta'minlash kabi bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturidiy, Bahouddin Naqshband, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy va boshqa juda ko‘plab yetuk allomalarning el-yurt ravnaqi va ilmu fan rivojiga xizmat qilish borasidagi go‘zal an'analarini bugungi yoshlarimiz ham davom ettirishga intilmoqda.

Bu harakatni talaba yoshlarning g‘ayratida, yangi-yangi yetishib chiqayotgan qorilar va yosh olimlar timsolida ko‘rish mumkin.

Amerikadagi turkistonliklar jamiyati raisi Abdulla Xo‘janing rasmiy iltimosiga ko‘ra, diniy idora rahbariyati tavsiyasiga binoan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi xodimi Farrux qori Xudoyberdiyev AQShning Nyu-Jyersi shtati, Dover shahri bo‘lib, u yerdagi vatandoshlarimizga Qur'oni karimni xatm qilishda ko‘maklashmoqda. Shu oyining ilk kunlaridanoq, amerikalik vatandoshlarimizga taroveh namozini o‘qib bermoqda. Mazkur taroveh namozlarida qorimiz namozxonlarga ulug‘ oyning fazilatlari, ota-onaga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ularga yaxshilik qilish, halollik, vatan tuyg‘usi, ilm olish va silai rahm kabi mavzularda ma'ruza qilib bermoqda.


Muslim.uz / Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi I.Ahmedov tayyorladi.

Top