Toshkentda mashinasiz yashash qiyinlashib bormoqda
Toshkentda yashovchi mashinasiz odamlar o‘z manzillariga yetib olish borgan sayin qiyinlashib bormoqda.
Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston poytaxti rejalashtirilishiga ko‘ra piyodalar emas, balki haydovchilarga mo‘ljallangan shaharga aylanmoqda. Avtomashinaga birinchi e'tibor qaratilayotgan ushbu shaharda esa piyodalarning o‘z manzillariga yetib olishi qiyinlashib bormoqda.
Yangi yo‘llarning qurilishi, eskilarining kengayishi, yer osti va yer usti yo‘llari va svetoforsiz shohko‘chalarning bino etilishi, tramvay yo‘nalishlarining yopilishi – bularning barchasi avtomobillarga va haydovchilarga qulayliklar yaratishga mo‘ljallangan. Ammo piyodalarning qulayliklari ko‘p o‘rinda e'tiborsiz qolmoqda.
Shu haftada Jahon resurslar instituti jahonning barqaror shaharlari markazi (WRI Ross Center for Sustainable Cities) tomonidan e'lon qilingan Cities Safer by Design hisobotida Toshkent shahrining rejalashtirilishida kuzatilgan ana shunday bir qator qiyinchiliklar va o‘ziga xosliklar haqida ma'lumotlar berildi.
Mana shunday misollardan biri Toshkent kurantlari hamda Amir Temur xiyoboniga yaqin joydagi ma'muriy bino o‘rtasidagi yo‘l uchastkasidir. Bir paytlar bu yerda piyodalar o‘tish joyi bor edi. 2010 yilda u olib tashlandi, ammo devorlar, panjaralar, mashinalar va oqimi va hatto militsiyachilar ham odamlarni to‘xtata olmaydi, negaki eng yaqin o‘tish joyi 180 m narida joylashgan. Bu muammoni hal qilishning oddiy yo‘li o‘tish uchastkasini boshqatdan chizishdir.
Shunga o‘xshash vaziyat Oybek va Chexov nomli ko‘chalarda ham kuzatiladi. Bu ko‘cha bo‘ylab yashovchilar, shuningdek, bu yerdan o‘tuvchilardan umuman ogohlantirmay Oybek ko‘chasidan o‘tadigan piyodalar o‘tish joyi yo‘q qilindi. Uning o‘rniga bir tomondan maysazor, bir tomondan devor ko‘tarildi.
Gazeta.uz muxbiri ushbu hududlarda bo‘lib, o‘nlab odamlar qanday qiyinchiliklarga uchrayotganiga guvoh bo‘ldi. Ular amalda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini oddiy vaziyatlarda buzishga majbur bo‘lmoqda – yo‘llarning rejalashtirilishi ularni shu ishga majbur qilmoqda. Yuqorida aytilgan devordan ayrimlar sakrab o‘tishga harakat qiladi. Ayrim militsiyachilar buni to‘g‘ri tushunib, odamlarni qoidabuzarlikda ayblamasa, ayrimlari, hech narsaga qaramay, piyodalardan qoidalarga rioya etishni talab qiladi.
“Bir necha soat ichida ko‘chani piyodalar o‘tish joyidan xalos qilgan xizmatlar bu yerga biror bir belgi o‘rnatishni lozim deb topmabdilar, – deb yozadi muxbir. – Shaharliklarni o‘zgarishlardan boxabar qilish, umuman olganda, qabul qilinmagandir. Nega kerak? Aqlli texnologiyalar zamonida odamlarning o‘zlari o‘zlarini boxabar qilib oladi deb hisoblanadi”.
Manba: Gazeta.uz