09:07 / 16.08.2015
2041

NYT: milliy xavfsizlik agentligi AT&T provayderi bilan hamkorlik qilgan

The New York Times gazetasida yozilishicha, 2003-2013 yillarda AQShning milliy xavfsizlik agentligi eng yirik telekommunikatsion kompaniyalardan biri – AT&T bilan yaqindan hamkorlik qilib kelgan.
Har kuni agentlikning Merilenddagi shtabiga milliondan ortiq elektron maktub jo‘natilgan, bu yerda esa ular kalit so‘zlar bo‘yicha tekshirib chiqilgan.
Bundan tashqari, razvedka xodimlariga 11 sentabr o‘n yilligi arafasidagi millionlab telefon qo‘ng‘iroqlari haqidagi ma'lumotlar yetkazilgan.
Aytilishicha, Fairview dasturiga agentlik qariyb 189 mln dollar sarflagan, bu boshqa barcha dasturlarga sarflangan mablag‘dan ikki barobar ko‘proqdir.

Top