Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nosir al-Xelayfiy: «PSJ» transfer kampaniyasini yakunladi
"PSJ" jamoasi xo‘jayini Nosir al-Xelayfiy klubning yozgi transfer faoliyatini sarhisob qildi.
"Kurzava — yozgi transferlar vaqtidagi so‘nggi xaridimiz. Leven, shuningdek, Di Mariya, Stambuli va Trappning kelishi evazig bizda o‘z maqsadlarimizga yetish uchun juda yaxshi tarkib shakllandi. Biz mavsumga tayyormiz. Fransiyada uchta tur o‘tib bo‘lganiga qaramay, mavsum endi boshlanmoqda», — dedi u.
«Lavessiga to‘xtaladigan bo‘lsak, shartnoma bo‘yicha u hali yana bir yil davomida jamoa a'zosi hisoblanadi. Albatta, agar u bo‘yicha takliflar tushsa, biz uni qo‘yib yuborishimiz mumkin. Bundan tashqari, mazkur masalada futbolchining o‘zida ham ovoz berish huquqi mavjud. Klubimiz uchun qilgan mehnatlarini ham yoddan chiqarmaymiz», — deydi Nosir al-Xelayfiy.
«Maksvell — ajoyib o‘yinchi va ajoyib inson. Uni juda hurmat qilaman. Ishonchim komilki, u Kurzavaning jamoaga moslashib ketishiga yordam beradi. Chunki u har doim jamoa manfaatlari yo‘lida ishlaydi, shundan so‘ng o‘zi haqida o‘ylaydi. U o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorni mavsum oxirida qabul qiladi. U jamoamizda qolishini va klub rahbariyatida ishlashini istardim, u haqiqiy professional», — deb o‘z fikrlarini yakunlaydi jamoa xo‘jayini.