Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 13:06 / 29.08.2015
2325
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik taekvondochilar Bolgariyadagi jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi
Bolgariyaning Plovdiv shahrida taekvandoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha 19- jahon chempionati davom etmoqda. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, musobaqada 100ga yaqin davlatdan eng sara dayan ustalari ishtirok etmoqda.
Jahon chempionatining navbatdagi kungi bahslarida murabbiy Laziz Hasanov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi azosi Behruz Saidov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Abbos Abdullajonov va Shahzod Mustafoyev esa bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish