Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik dzyudochilar Ostonadagi jahon chempionatida ikkita kumush medal qo‘lga kiritishdi
Ostonada bo‘lib o‘tayotan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida rossiyalik dzyudochilar ikkita kumush medal qo‘lga kiritishdi. 66 kg gacha vazn toifasida Mixail Pulyayev va 90 kg gacha vazn toifasida Kirill Denisov kumush medallar sohibi bo‘lishdi.
29 avgustda ayollar o‘rtasida 78 kg gacha va 78 kg dan ortiq vazn toifasida va erkaklar o‘rtasida 100 kg dan ortiq vazn toifasida uchta medallar komplekti o‘ynaldi.
Oltin medallarni fransuz Teddi Riner (erkaklar orasida, 100 kg dan yuqori), yaponiyalik Mami Umeki (ayollar o‘rtasida, 78 kg gacha) va xitoylik Yuy Sun (ayollar o‘rtasida, 78 kg dan yuqori) qo‘lga kiritdilar..
Medallar hisobida yaponiyaliklar yetakchilik qilmoqda: 6 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza medal. 2-o‘rinni fransuzlar (2-2-2), 3-o‘rinni janubiy koreyaliklar (2-0-3) egallamoqda.