Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xaver Ernandes “Manchester Yunayted”dan “Bayyer”ga o‘tadigan bo‘ldi
“Manchester Yunayted”ning Chicharito taxallusli meksikalik hujumchisi Xaver Ernandes o‘z faoliyatini Germaniyada davom ettiradigan bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi “Bayyor” safida to‘p suradi. Futbolchining yangi jamoaga o‘tishi kelishib olingan va bu haqda rasman 31 avgustda e'lon qilinadi.
Chicharito o‘tgan mavsumni “Real”da ijara asosida o‘tkazdi. Hujumchi “qaymoq ranglilar” tarkibida 33 ta o‘yinda (shundan 12 tasida asosiy tarkibda) ishtirok etib, 9 ta to‘p muallifiga aylandi. Yozda meksikalik futbolchi “MYu”ga qaytib keldi va yangi mavsumda bor-yo‘g‘i 23 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.