09:48 / 10.10.2015
2447

Sem Ellardays “Sanderlend” bilan 2 yillik shartnoma tuzdi

“Sanderlend” Sem Ellardaysning klub bosh murabbiyi etib tayinlanganini ma'lum qildi. 60 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda gollandiyalik Dik Advokatning o‘rnini egalladi.

Ellardays va “qora mushuklar” o‘rtasida tuzilgan shartnoma 2 yilga mo‘ljallangan.

Ma'lumot uchun, Ellardays bundan oldin "Blekpul", "Notts Kaunti", "Nyukasl", "Blekbern", "Bolton" (8 mavsum davomida) ishlagan. 2011-2015 yillarda esa "Vest Xem"ni boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, Dik Advokat "Vest Xem" bilan durangdan keyin "Sanderlend" bosh murabbiyligidan ketdi.

Ayni vaqtda 8 turda 3 ochko jamg‘argan “Sanderlend” turnir jadvalida 19-pog‘onani egallab turibdi.

Top